Jahon

Rubio AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtaganini ma'lum qildi

AQSh Davlat kotibi Vashington samarasiz muzokaralarda qatnashishdan manfaatdor emasligini bildirdi.

Rubio AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtaganini ma'lum qildi

 

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi davomida AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar hozircha amalda mavjud emasligini ma’lum qildi.



Uning ta’kidlashicha, avval Rossiya va Ukraina faqat AQSh vositachiligida muzokara olib borishga tayyor bo‘lgan. Shu sababli Vashington jarayonga jalb qilingan, biroq muzokaralar kutilgan natijani bermagan.



Rubio AQSh zarur holatda vositachilikni davom ettirishga tayyorligini bildirar ekan, samarasiz muzokaralarda ishtirok etishdan manfaatdor emasligini ham qayd etgan.



Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Vashington Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirishini ta’kidlagan.



Bayonotda AQShning Yevropadagi harbiy ishtiroki masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Rubio Qo‘shma Shtatlar o‘zining global harbiy joylashuvini qayta ko‘rib chiqayotganini va Yevropadagi Amerika harbiy kuchlari soni bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkinligini aytgan.



Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror siyosiy emas, balki strategik va texnik omillar bilan bog‘liq. Shu bilan birga, NATO tasarrufidagi ayrim AQSh qo‘shinlari soni ham qisqartirilishi mumkin.



Rubio Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ham fikr bildirib, AQSh Pokiston vositachiligidagi muzokaralarda ayrim ijobiy siljishlarga erishganini, biroq yakuniy maqsadlarga hali erishilmaganini qayd etgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.