Jahon

AQSh–Eron muzokaralarining yangi bosqichi 5-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Dastlabki kelishuv “Islomobod deklaratsiyasi” nomi bilan e’lon qilinishi mumkin.

AQSh–Eron muzokaralarining yangi bosqichi 5-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

 

Al-Hadath telekanali xabariga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar joriy yilning 5-iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur ma’lumot telekanal tomonidan muzokaralar jarayonidan xabardor manbalarga tayanib e’lon qilingan.



Qayd etilishicha, Vashington va Tehron o‘rtasida dastlab o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash masalasi muhokama qilinmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu hujjat tomonlar o‘rtasidagi yakuniy kelishuvga erishish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.



Shuningdek, memorandum imzolangach, tomonlar mojaro va qarama-qarshi masalalarni to‘liq hal etishga qaratilgan batafsil muzokaralarga o‘tishi rejalashtirilgani aytilmoqda. Dastlabki hujjat “Islomobod deklaratsiyasi” nomi bilan e’lon qilinishi mumkinligi ham ma’lum qilingan.



Manbalarning ta’kidlashicha, muzokaralarda vositachi sifatida faol qatnashayotgan Pokiston memorandumni asosiy tomonlar ishtirokisiz ham e’lon qilishi ehtimoldan xoli emas.



Shuningdek, AQSh va Eron yakuniy kelishuv bo‘yicha to‘liq muzokaralar boshlanishi bilan o‘z delegatsiyalarining yuqori darajadagi rahbarlarini jarayonga jalb qilishi kutilmoqda.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.