O'zbekiston

“Bugungi bitiruvchi — ertangi Uchinchi Renessans bunyodkori” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston rahbari 472 ming nafar bitiruvchini katta hayotga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

“Bugungi bitiruvchi — ertangi Uchinchi Renessans bunyodkori” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablarini tamomlayotgan bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigida yoshlarni “so‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan samimiy qutladi.

 

Davlat rahbari o‘z tabrigida joriy yilda 472 ming nafar o‘g‘il-qiz maktabni tamomlab, katta hayotga qadam qo‘yayotganini alohida ta’kidladi. Prezidentning qayd etishicha, yoshlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchi hisoblanadi.

 

Tabrikda bugungi bitiruvchilar ertangi muhandis, shifokor, olim, tadbirkor, shoir va Uchinchi Renessans bunyodkorlari ekani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, davlat tomonidan yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani bildirildi.

 

Prezident joriy yilda ilk bor 11 ming nafardan ortiq o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlayotganini qayd etib, bu yutuqlar ortida ustoz va ota-onalarning katta mehnati borligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari bugungi kunda mamlakatda 207 ta oliy ta’lim muassasasi va 643 ta texnikum faoliyat yuritayotganini bildirib, ular bitiruvchilarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor ekanini qayd etdi. Shuningdek, ko‘plab yoshlar hali maktabni tamomlamasdan turib, O‘zbekiston va xorijdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga qabul qilinayotgani aytildi. Xususan, 171 nafar yosh dunyoning yetakchi universitetlariga kirishga muvaffaq bo‘lgani ta’kidlandi.

 

Prezident yoshlarni zamonaviy kasblarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, kompyuter savodxonligini oshirish hamda mustaqil daromad topishga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Ta’kidlanishicha, bugungi mehnat bozori diplomdan ko‘ra amaliy bilim va natijaga ko‘proq ehtiyoj sezmoqda.

 

Murojaatda mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi. Jumladan, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga banklar tomonidan 25 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi, startap loyihalar uchun esa 100 million dollar mablag‘ tayyorlangani ma’lum qilindi.

 

Bundan tashqari, yirik IT kompaniyalar har yili kamida 50 ming nafar bitiruvchini sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘qitishga tayyor ekani bildirildi. Kelgusi yillarda esa 168 ming gektar super intensiv sanoatlashtirilgan bog‘lar tashkil etilishi va ushbu loyihalarda yoshlar faol ishtirok etishi qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi.

 

Shuningdek, murojaatda O‘zbekiston yoshlari erishayotgan xalqaro muvaffaqiyatlar ham alohida e’tirof etildi. Jumladan, shaxmatchilar Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov, futbolchi Abduqodir Husanovning yutuqlari, yosh kinoijodkorlarning Kann festivalidagi muvaffaqiyati hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning jahon chempionatiga yo‘l olgani faxr bilan tilga olindi.

 

Murojaat yakunida Prezident barcha bitiruvchilarga katta maqsadlar sari dadil intilish, doimo ilm va izlanish bilan yashash hamda ota-ona va Vatan ishonchini oqlash tilagini bildirdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.