O'zbekiston

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

U tibbiy xaridlar bo‘yicha tuzilgan shartnoma mablag‘larni o‘tkazib berish evaziga 150 million so‘m miqdorida “ulush” talab qilgan.

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

 

Buxoro viloyatida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora olish bilan bog‘liq jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, joriy yilda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar yetkazib beruvchi MChJ o‘rtasida 1 milliard 2 million so‘mlik shartnoma tuzilgan. Dastlab mablag‘larning 30 foizi MChJ hisob raqamiga o‘tkazilgan.



Shundan so‘ng, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari qolgan mablag‘larni o‘tkazib berish va kelgusidagi xaridlarni ham mazkur MChJ orqali amalga oshirish evaziga shartnoma qiymatining 15 foizi — 150 million so‘m miqdorida “ulush” talab qilganligi aniqlangan.



DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs talab qilingan pul mablag‘idan 11 800 AQSh dollarini o‘z turmush o‘rtog‘i orqali olayotgan vaqtida ushlangan.



Shuningdek, u tuman miqyosidagi oilaviy poliklinikalar uchun ajratilgan 448 million so‘mlik rag‘batlantirish mablag‘larining yarmini qaytarish sharti bilan qayta yig‘ib olganligi ham aniqlangan.



Mazkur holat yuzasidan sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) hamda 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan, MChJ vakiliga esa 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"