Jahon

Eron bilan Obama davridagidek yomon bitim bo‘lmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan ehtimoliy kelishuv hali to‘liq kelishib olinmaganini ma’lum qildi.

Eron bilan Obama davridagidek yomon bitim bo‘lmaydi — Tramp

 

Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv hali to‘liq kelishib olinmaganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot bergan.



AQSh rahbari muzokaralar yuzasidan turli taxmin va tanqidlar bildirilayotganiga munosabat bildirib, jamoatchilikni “bu masalada hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan tanqidchilarga” quloq solmaslikka chaqirgan.



“Eron bilan kelishuv tuzilsa, bu yaxshi va to‘g‘ri kelishuv bo‘ladi. Bu Obama davridagi bitim kabi emas. O‘sha kelishuv Eronga katta mablag‘ va yadroviy qurol sari ochiq yo‘l bergan edi. Bizning kelishuvimiz buning aksi bo‘ladi. Ammo hozircha uni hech kim ko‘rmagan va u hali to‘liq kelishib olinmagan”, — deb yozgan Tramp.



Prezident, shuningdek, avvalgi AQSh ma’muriyatlaridan farqli ravishda “yomon bitimlar tuzmasligini” ta’kidlagan.

 

Avvalroq The New York Times nashri AQSh va Eron muzokaralar davomida Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha prinsipial kelishuvga yaqinlashgani haqida xabar bergan edi.



AQSh tomoni bo‘g‘oz orqali xalqaro yuk tashuvlarini tezkor ravishda qayta tiklashni talab qilayotgan bo‘lsa, Eron sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan aktivlarni qaytarish va xavfsizlik kafolatlarini olishni talab qilmoqda.



Muzokaralardagi asosiy murakkab masalalardan biri Eronning yadroviy dasturi bo‘lib qolmoqda. Vashington Tehronning yadroviy faoliyatiga nisbatan qat’iy cheklovlar joriy etilishini talab qilmoqda.

custom img

Islohotlar bo‘lmasa, 25 yildan keyin Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘ladi — Orban

Vengriya sobiq Bosh vaziri Yevropa Ittifoqi hozirgi holatda o‘zini isloh qila olmayotganini aytib, uning kelajagiga shubha bildirdi.

custom img

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi ikki masjidga o‘t qo‘ydi

Hodisa ikki kun avval yuz bergan qonli to‘qnashuv ortidan sodir bo‘ldi.

custom img

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"