Jahon

Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashuvlari 30 kun ichida tiklanishi mumkin — Washington Post

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Eron sulhni 60 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqqan.

Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashuvlari 30 kun ichida tiklanishi mumkin — Washington Post

 

Washington Post (WP) nashri yuqori lavozimli rasmiylarga tayanib xabar berishicha, AQSh va Eron o‘rtasida sulhni 60 kunga uzaytirish hamda Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishni nazarda tutuvchi kelishuv loyihasi ishlab chiqilgan.



Ma’lumotlarga ko‘ra, tayyorlangan o‘zaro anglashuv memorandumi tomonlarga yakuniy kelishuvga erishilgunga qadar vaqtinchalik sulhni uzaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, hujjatda Hormuz bo‘g‘ozida minalarni tozalash va dengiz yo‘llarini qayta ochish choralari ham ko‘zda tutilgan.



Gazeta manbalariga ko‘ra, taklifning so‘nggi versiyasi Eron tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Rasmiylar esa hozircha hech qanday yakuniy kelishuv imzolanmaganini ta’kidlamoqda.



Shuningdek, hujjatda Eron, AQSh va ularning ittifoqchilari barcha frontlarda harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishi, Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashish hajmini 30 kun ichida urushdan oldingi darajaga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rishi nazarda tutilgan.



Diplomatik manbalarga ko‘ra, kelishuvga Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik majburiyati hamda boyitilgan uran zaxiralarini kelishilgan mexanizm asosida yo‘q qilish masalalari kiritilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"