Jahon

Fransiyada Chempionlar ligasi finalidan keyingi tartibsizliklar sabab yuzlab odamlar hibsga olindi

Futbol muxlislari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda jami 219 kishi jarohatlangan. Ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.

Fransiyada Chempionlar ligasi finalidan keyingi tartibsizliklar sabab yuzlab odamlar hibsga olindi

Fransiyada “Pari Sen-Jermen” (PSJ) futbol klubining Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasidan so‘ng yuz bergan ommaviy tartibsizliklar oqibatida yuzlab odamlar qo‘lga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunesning ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab futbol muxlislari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda jami 219 kishi jarohatlangan. Ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda. Shuningdek, 57 nafar politsiya xodimi ham tan jarohati olgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonliklar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 780 kishi qo‘lga olingan, ulardan 450 nafardan ortig‘i hibsda saqlanmoqda.

 

Tartibsizliklar asosan Parij shahrida kuzatilgan. Muxlislar ko‘chalarda mash’alalar yoqib, ayrim do‘konlarga zarar yetkazgan. Vaziyatni nazorat qilish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

 

Hodisalar oqibatida Parij aylanma yo‘li yaqinida bir kishi halok bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli yigit mototsiklda harakatlanayotib beton to‘siqqa urilgan. Shuningdek, shaharning boshqa hududida sodir bo‘lgan mushtlashuv natijasida bir o‘smir og‘ir ahvolda qolmoqda.

 

Parijda o‘tkazilgan g‘alaba paradining xavfsizligini ta’minlash uchun 6 ming nafar politsiyachi safarbar etildi. Bayram tadbirlari Eyfel minorasi atrofida va shahar markazida davom etdi.

 

Fransiya ichki ishlar vazirligi tartibsizliklarni keltirib chiqarganlarning aksariyati futbol muxlislari emasligini ta’kidlab, jamoat tartibini buzishga uringan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.