O'zbekiston

O‘zbekistonda bolalarni yozgi oromgohlarga olib boradigan avtobuslar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi

Oromgohlarga olib boruvchi 3411,6 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llari ham tekshirildi.

O‘zbekistonda bolalarni yozgi oromgohlarga olib boradigan avtobuslar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda respublika bo‘yicha 179 ta statsionar oromgoh hamda 1242 ta maktabdagi sog‘lomlashtirish maskanlarida jami 314 ming 190 nafar bolaning dam olishi rejalashtirilgan.

 

Bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida oromgohlarda 692 nafar yo‘l patrul xizmati xodimi xizmat olib boradi. Shuningdek, bolalarni tashish uchun jalb etilgan 1121 ta avtobusning texnik holati tekshirilib, mavsumga tayyorlangan.

 

YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, oromgohlarga olib boruvchi 3411,6 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llari ham ko‘rikdan o‘tkazilgan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan.

 

Tayyorlov ishlari doirasida yo‘llarga 1297 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelgan belgilar almashtirilgan. Bundan tashqari, 244 ming kvadrat metrdan ortiq piyodalar o‘tish joylariga yo‘l chiziqlari chizilgan, 134 ming kvadrat metrdan ziyod yo‘l qismi ta’mirlangan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, bolalar guruhlarini oromgohlarga tashish yo‘l-patrul xizmati xodimlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarni yozgi ta’til davrida farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikka, ularning yo‘l harakati qoidalariga rioya etishini nazorat qilishga hamda transport vositalarini voyaga yetmaganlarga boshqarish uchun bermaslikka chaqirdi. 

 

Shuningdek, bolalarni issiq havoda avtomobilda yolg‘iz qoldirmaslik va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarurligi eslatildi.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.