Jahon

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

Uning fikricha, sun’iy yo‘ldoshlarning yo‘q qilinishi kosmosda katta miqdordagi chiqindilar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

 

SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan hujumkor amaliyotlarda foydalanish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, tizim harbiy infratuzilma sifatida ishlatilishi mumkin, biroq hujumlar uchun qo‘llanishi uni javob zarbalari uchun qonuniy nishonga aylantirishi ehtimoli bor.

 

Mask bu haqda 25-oktabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan. Uning fikricha, Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga zarba berilishi kosmosda katta miqdordagi chiqindilar hosil bo‘lishiga va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

“Agar dushman Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini portlatsa, bu ulkan vayronagarchilik maydonini yaratib, kosmosni yaroqsiz holga keltiradigan domino effektiga olib keladi”, — degan u.

 

Maskning ta’kidlashicha, Starlink’dan harbiy infratuzilma doirasida foydalanish mumkin, ammo tizimni javob zarbalari uchun qonuniy nishonga aylantirishi mumkin bo‘lgan hujumkor harakatlarda qo‘llash kerak emas.

 

Avvalroq, 24-oktabr kuni tadbirkor Ukraina Qurolli kuchlari Starlink’dan hujumkor dronlarni boshqarishda foydalanganini va bu tizimdan foydalanish shartlariga zid ekanini da’vo qilgan edi. Maskning aytishicha, bunday foydalanish imkoniyati o‘tgan hafta cheklangan.

 

Shuningdek, u Starlink xizmatlari to‘xtatilgan taqdirda, Ukraina frontidagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Eron Isroil saylovlari arafasida hujum uyushtirishi mumkin — Netanyaxu

Eron Isroil saylovlari arafasida hujum uyushtirishi mumkin — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri ehtimoliy hujumga kuchli javob qaytarilishini bildirdi.

“Tinchlik kelishuvi bo‘lmasa, 200 foizlik boj” — Tramp

“Tinchlik kelishuvi bo‘lmasa, 200 foizlik boj” — Tramp

AQSH prezidenti tariflar sakkizta mojaroni tugatishga yordam berganini aytib, bu yondashuvni Rossiya va Ukrainaga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini bildirdi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.