Sport

PSJ Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Finalda “Arsenal” bilan durang (1:1) qayd etgan parijliklar penaltilar seriyasida 4:3 hisobida ustun keldi.

PSJ Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” (PSJ) klubi UEFA Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Parijliklar final uchrashuvida Londonning “Arsenal” jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Yevropaning eng nufuzli klub turniri g‘olibiga aylandi.

 

Hal qiluvchi bahs keskin kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq “Arsenal” hujumchisi Kay Haverts hisobni ochib, ingliz klubini oldinga olib chiqdi.

 

PSJ ikkinchi bo‘limda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 65-daqiqada Usmon Dembele Xvicha Kvaratsxeliyaga nisbatan ishlatilgan qoida buzilishi uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

 

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmagach, final taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Bu safar PSJ futbolchilari aniqroq harakat qilib, 4:3 hisobida ustun keldi.

 

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi va Yevropa chempionlari kubogi tarixida final uchrashuvi 11 marta penaltilar seriyasigacha yetib borgan.

 

O‘tgan mavsumda ham PSJ tarixida ilk bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

 

Parijliklar finalda Milanning “Inter” klubini 5:0 hisobida mag‘lub etib, turnir finallari tarixidagi eng yirik g‘alabalardan biriga mualliflik qilgandi.

 

Shuningdek, PSJ joriy mavsumda ketma-ket beshinchi bor Fransiya Birinchi ligasi chempionligini ham qo‘lga kiritdi.

 

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.