Jahon

Eron AQSh bilan foydali kelishuv tuzishga tayyor — Tramp

AQSH prezidenti muzokaralarga ichki siyosiy bosimlar ta’sir ko‘rsatayotganini aytib, demokratlar va respublikachilarni tanqid qildi.

Eron AQSh bilan foydali kelishuv tuzishga tayyor — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning AQSh bilan ijobiy kelishuvga erishish istagi borligini bildirgan.

 

Trampning Truth Social platformasida yozishicha, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan tinchlik shartnomasini imzolashga chin dildan sodiq bo‘lib, ushbu kelishuv Vashington va uning ittifoqchilari uchun foydali bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, AQSh prezidenti kelishuv jarayoniga ichki siyosiy bosimlar to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab, demokratlar hamda ayrim respublikachi siyosatchilarni tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu omillar muzokaralar jarayonini murakkablashtirmoqda.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, jumladan The New York Times va Axios nashrlari AQSh Eron bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuv shartlarini qat’iylashtirish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan. Xususan, uranni boyitish va zaxiralarni cheklash bo‘yicha bandlar muhokama qilinmoqda.

 

Shuningdek, AQSh moliya vaziri Skot Bessent Vashington Eron bilan muzokaralarda harbiy va iqtisodiy bosim vositalaridan foydalanishi mumkinligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.