Jahon

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisining qizi hibsga olindi

Meerim Uzoqboyeva davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq korrupsiyada gumonlanmoqda.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisining qizi hibsga olindi

 

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi, shuningdek avval qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan Emilbek Uzoqboyevning qizi Meerim Uzoqboyeva davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq korrupsiya gumoni asosida hibsga olindi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Mazkur holat Qirg‘izistonda “75 maktub” deb nomlangan keng ko‘lamli tergov doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Tergov materiallariga ko‘ra, ish 30 yil avval amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlarini qayta o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Bishkek shahrida joylashgan “Qirg‘izoyilkomok” kompaniyasi faoliyati ham tekshiruv ostiga olingan.

 

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, ushbu kompaniya aksiyalarining 63 foizi Uzoqboyevlar oilasi nazoratida bo‘lib, 1993-yilda boshlangan xususiylashtirish jarayonida Emilbek Uzoqboyev dastlab 0,5 foiz ulushni xarid qilgan. Keyingi yillarda u boshqa aksiyadorlardan ulushlarni bosqichma-bosqich sotib olib, kompaniyada asosiy nazorat paketiga ega bo‘lgan.

 

Himoya tomonining bildirishicha, Meerim Uzoqboyeva o‘sha davrda voyaga yetmagan (10 yosh) bo‘lgan va u xususiylashtirish jarayonlarida bevosita ishtirok etmagan. Shuningdek, u faqat 2017-yildan boshlab kompaniya bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Advokatning ta’kidlashicha, ish yuzasidan bir qator holatlar huquqiy jihatdan bahsli bo‘lib qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim holatlar huquqni qo‘llash amaliyotida ikki xil yondashuv mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

 

Shuningdek, himoya tomoni mazkur ishda korruptsiyada gumon qilinayotgan ayrim shaxslar erkinlikda qolayotgani, voyaga yetmagan farzandlari bor yolg‘iz ona esa hibsga olinganini ta’kidlab, bu holat yuzasidan adolatli va xolis yondashuv zarurligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.