O'zbekiston

Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi — hokimlik

Bozorda keng ko‘lamli modernizatsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi — hokimlik

Sergeli avtomobil bozori o‘z faoliyatini odatiy tartibda davom ettirmoqda va uning buzilishi yoki yopilishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, avtomobil bozori hududida sotuvchilar, xaridorlar hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli modernizatsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi bozor infratuzilmasini yangilash, xavfsiz, zamonaviy va tartibli savdo muhitini yaratish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.

 

Modernizatsiya ishlari doirasida bozor ma’muriy binolarining kirish qismlari yangilanmoqda hamda granit plitalar yotqizilmoqda. Shu bilan birga, hududning 26 500 kvadrat metr maydoniga yangi asfalt qoplamasi yotqizilgan bo‘lib, qo‘shimcha 16 200 kvadrat metr maydonni asfaltlash rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, ehtiyot qismlar savdosi amalga oshiriladigan do‘konlarning tom qismlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Hududdagi tartibsiz joylashtirilgan reklama konstruksiyalari demontaj qilinib, savdo nuqtalarining tashqi ko‘rinishi tartibga keltirilmoqda. Foydalanilgan ehtiyot qismlar sotiladigan konteynerlar ham zamonaviy va tartibli ko‘rinishga keltirilmoqda.

 

Bundan tashqari, bozor hududiga avtomototransport vositalarining kirishi uchun inson omilisiz ishlovchi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari o‘rnatilmoqda.

 

Hokimlik mazkur ishlar bozor faoliyatini to‘xtatish bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidlab, aksincha, bu tashabbuslar hududni rivojlantirish, tadbirkorlar uchun sharoitlarni yaxshilash hamda poytaxt aholisi uchun yanada qulay savdo muhitini yaratishga xizmat qilishini qayd etdi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"