O'zbekiston

Xodimni pora olmagani uchun mukofotlash huquqiy jihatdan noto‘g‘ri  — Antikorrupsiya agentligi

Qonun ustuvorligining ta’minlanishi xodimlarning funksional majburiyati ekani bildirildi.

Xodimni pora olmagani uchun mukofotlash huquqiy jihatdan noto‘g‘ri  — Antikorrupsiya agentligi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini pora olishdan voz kechgani uchun rag‘batlantirish tartibi jamoatchilik orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi esa bu boradagi tanqidlarni asosli deb hisoblab, amaldagi tartibni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘zgartirishlar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini o‘z xizmat vazifalarini bajarishi doirasida pora olishdan voz kechganligi uchun moddiy rag‘batlantirishni huquqiy jihatdan nomuvofiq deb baholashini bildirgan.

 

Agentlik qayd etishicha, mazkur masala bo‘yicha jamoatchilik faollari tomonidan bildirilgan e’tirozlar asosli deb topilgan.

 

Shu munosabat bilan agentlik tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida sohadagi suiiste’molchilik va turli talqinlarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha cheklovlar nazarda tutilgan.

 

Xususan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini belgilovchi amaldagi nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish taklif etilgan. Taklifga muvofiq, rag‘batlantirish choralari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

“Qonunga bo‘ysunish va pora olmaslik — bu qahramonlik emas, balki har bir davlat xizmatchisining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatidir”, deyiladi agentlik bayonotida.

 

Agentlikning ta’kidlashicha, korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashish va qonun ustuvorligini ta’minlash mazkur xodimlarning funksional vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois bunday holatlar uchun alohida moddiy rag‘batlantirish joriy etilishi to‘g‘ri yondashuv sifatida baholanmaydi.

 

Shuningdek, rag‘batlantirish tizimi ustidan nazorat maxsus elektron platforma orqali markazlashgan tartibda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani, bu esa budjet mablag‘larining asossiz sarflanishining oldini olishga xizmat qilishi qayd etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.