Jahon

Eron bilan kelishuv kelasi hafta imzolanishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti muzokaralar hali yakunlanmaganini, biroq kelishuv ehtimoli yuqori ekanligini ta'kidladi.

Eron bilan kelishuv kelasi hafta imzolanishi mumkin — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ABC News telekanaliga bergan intervyusida Eron bilan muzokaralar jarayoni yakuniy bosqichga yaqinlashayotganini va yaqin kunlarda muhim kelishuvga erishilishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Trampning ta’kidlashicha, hozirda asosiy masalalar — sulhni saqlab qolish, mintaqaviy keskinlikni kamaytirish hamda Hormuz bo‘g‘ozida dengiz yuk tashuvini qayta tiklash bo‘yicha kelishuv ishlab chiqilmoqda.

 

“Menimcha, biz bu masalada keyingi hafta ichida natijaga erishishimiz mumkin”, — degan AQSh prezidenti.

 

Davlat rahbari, shuningdek, Eron bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvi faqat siyosiy emas, balki strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u harbiy to‘qnashuvlardan ko‘ra samaraliroq natija berishi mumkinligini qayd etgan.

 

Biroq Tramp muzokaralar hali to‘liq yakunlanmaganini va ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish jarayoni davom etayotganini ham qo‘shimcha qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"