O'zbekiston

Toshkent viloyatida “Tracker” haydochisidan qariyb 9 kg gashish topildi

Narkotik moddalar narkokuryerlar tomonidan qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Toshkent viloyatida “Tracker” haydochisidan qariyb 9 kg gashish topildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent – Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Tracker” rusumli transport vositasi yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, avtomobilni Farg‘ona shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan va muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan sudlangan fuqaro boshqargan. Transport vositasi salonini tekshirish jarayonida haydovchining o‘z iste’moli uchun saqlab yurgan 1,72 gramm narkotik modda borligi ma’lum bo‘lgan.

 

Qo‘shimcha tekshiruvlar davomida esa avtomashina yukxonasidan jami 8 kilogramm 913 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruvlarda mazkur narkotik moddalar avvalroq narkokuryerlar tomonidan qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani hamda gumonlanuvchi tomonidan qabul qilib olinib, yashash manziliga olib ketilayotgan bo‘lgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.