O'zbekiston

O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari 220 ta maktabda namoyish etiladi

Mamlakat bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etiladi.

O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari 220 ta maktabda namoyish etiladi

Joriy yilning iyun–iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

 

Loyiha doirasida 220 ta maktabda futbol tomoshalari uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlari katta ekranlarda jonli efirda namoyish etiladi.

 

Mazkur maskanlarda o‘quvchilar, ota-onalar va barcha futbol ixlosmandlari terma jamoa uchrashuvlarini birgalikda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari Toshkent vaqti bilan quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi:

 

O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 07:00);

 

O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);

 

O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 04:30)

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"