Andijonda qidiruvdagi mashina MIB orqali topildi
Shundan so‘ng undan 67 million so‘m qarzdorlik undirilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, kredit evaziga olingan CHEVROLET ONIX avtomobil qidiruvga berilgan.
MIB Andijon viloyati boshqarmasi Qidiruv shuʼbasi tezkor vakillari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida kredit evaziga xarid qilingan, qidiruvdagi avtomobil aniqlangan.
Avtomobil topilganidan so‘ng ijro harakatlari davom ettirilib, 67 million so‘m qarzdorlik undirilishi taʼminlangan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining ijrosini taʼminlash, qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish hamda fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.







