O'zbekiston

Andijonda kredit qarzi sabab ikki qavatli bino xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 1 mlr so‘mdan ziyod qarzi bo‘lgan.

Andijonda kredit qarzi sabab ikki qavatli bino xatlandi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan sud hujjatiga muvofiq, qarzdor masʼuliyati cheklangan jamiyat hisobidan undiruvchi “Mikrokreditbank” ATB Andijon filiali foydasiga jami 1,1 milliard so‘m miqdoridagi kredit qarzi undirilishi belgilangan.

 

Sud hujjatiga asosan undiruvni garovdagi javobgarga tegishli bo‘lgan ikki qavatdan iborat savdo va xizmat ko‘rsatish binosi qaratish belgilangan.

 

Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorlarga belgilangan tartibda ogohlantirishlar berildi. Ijro jarayoni davomida ikki qavatli savdo va xizmat ko‘rsatish binosi xatlandi.

 

Hozirda xatlangan mol-mulkni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.