O'zbekiston

Samarqandda 42 yoshli ayol o'limi: u ro'mol bilan o'zini osgan

Marhumaning o‘limi sababini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Samarqandda 42 yoshli ayol o'limi: u ro'mol bilan o'zini osgan

 

Samarqand shahrida 42 yoshli ayolning vafoti yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 21-oktyabr kuni soat taxminan 12:30 da ayol o‘z uyining hovlisidagi turnikka ayollar ro‘moli bilan bo‘yin sohasidan osib o'z joniga qasd qilgan va hodisa joyida vafot etgan.

 

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan. Marhumaning o‘limi sababini va tanasida jarohatlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.