O'zbekiston

Surxondaryoda 45 mln so‘m qarz berib, 128 mln talab qilganlar ushlandi

Qarzni undirish maqsadi bir erkak yoʻllagan bo'lib, u aytilgan summani tayyorlab bermasa, qarz oluvchilarning hayotiga nuqta qoʻyishi bilan tahdid qilgan.

Surxondaryoda 45 mln so‘m qarz berib, 128 mln talab qilganlar ushlandi

 

Surxondaryoda tovlamachilik bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi.Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1986-yilda tug‘ilgan ikki nafar ayol Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, gumonlanuvchi ayol ulardan mavjud qarz miqdoridan bir necha baravar ko‘p mablag‘ talab qilayotganini bildirgan.

 

Jumladan, bir holatda 45 million so‘m qarz evaziga 128 million so‘m, ikkinchi holatda esa 50 million so‘m qarzga nisbatan 140 million so‘m pul talab qilingani qayd etilgan. Shuningdek, qarzni undirish maqsadida vositachi sifatida jalb etilgan erkak jabrlanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik va hayotiga tahdid qilish holatlarini sodir etgan.

 

Mazkur murojaatlar asosida 15-may kuni Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilib, gumonlanuvchilar pul mablag‘larini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"