Jahon

Zelenskiy Putinga ochiq xat yo‘llab, uchrashuv taklif qildi

Ukraina prezidenti uchrashuv uchun neytral maydon sifatida Shveytsariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birini taklif qilgan.

Zelenskiy Putinga ochiq xat yo‘llab, uchrashuv taklif qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat yo‘llab, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish maqsadida shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.

 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing ma’lum qilishicha, mazkur xat diplomatik kanallar orqali Rossiya tomoniga yuborilmoqda.

 

Murojaatda Zelenskiy Ukraina tomoni to‘liq sulh tuzish hamda “hamma-hammaga” tamoyili asosida harbiy asirlarni almashishga tayyor ekanini bildirgan. Shuningdek, u muzokaralar jarayonida AQSH va Yevropa davlatlari vakillari ham ishtirok etishi lozimligini qayd etgan.

 

Ukraina prezidenti ehtimoliy uchrashuv uchun neytral maydon sifatida Shveytsariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birini taklif qilgan. Unga ko‘ra, aynan hozirgi vaziyat diplomatik muloqotni boshlash uchun imkoniyat yaratmoqda.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitry Peskov Rossiya tomoni xat bilan tanishganini, biroq prezident Putin hali uning mazmunini ko‘rib chiqishga ulgurmaganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli ma’lumot keyinchalik davlat rahbariga yetkaziladi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.