Jahon

Zelenskiyning maktubi Putinga keyinroq yetkaziladi — Peskov

Kreml Ukraina prezidenti tomonidan Rossiya prezidentiga yo‘llangan ochiq maktub mazmunidan xabardor ekanini tasdiqladi.

Zelenskiyning maktubi Putinga keyinroq yetkaziladi — Peskov

 

Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llangan ochiq maktub mazmunidan xabardor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.

 

Peskovning aytishicha, Zelenskiy maktubi Kremlga yetib kelgan va u Rossiya yetakchisiga keyinchalik taqdim etiladi. Uning qayd etishicha, maktub prezident ishtirokidagi rasmiy tadbir davomida e’lon qilingan.

 

Zelenskiy o‘z murojaatida Rossiya prezidenti bilan uchinchi davlat hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qilgan hamda jarayonga AQSh va Yevropa davlatlarini jalb etish zarurligini ta’kidlagan edi.

 

Shu bilan birga, Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, Ukraina bo‘yicha muzokaralar masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

 

Putinning ta’kidlashicha, agar Kiyev ilgari muhokama qilingan murosalarga rozi bo‘lsa, mojaro tez orada tinch yo‘l bilan yakun topishi mumkin. U Rossiya tomonining ham ayrim masalalarda murosaga tayyorligini bildirgan.

 

Shuningdek, Peskov agar Zelenskiy Putin bilan uchrashishni istasa, u Moskvaga kelishi mumkinligini ta'kidlagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.