O'zbekiston

Endilikda yiliga bir nechta avtomobil import qilish mumkin

Avtomobillarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini yiliga bir marta berish normasi amaldan chiqarildi.

Endilikda yiliga bir nechta avtomobil import qilish mumkin

 

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun avtomobil olib kirishda amal qilib kelgan cheklovlardan biri bekor qilindi.

 

Prezident farmoniga muvofiq, endilikda transport vositalarini import qilishda bir kalendar yil davomida faqat bitta avtomobil uchun muvofiqlik sertifikati berilishini nazarda tutuvchi norma amaldan chiqarildi.

 

Mazkur o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga kiritildi.

 

Shu tariqa, transport vositalari texnik reglament talablariga mos bo‘lgan taqdirda, ularni import qilish va muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda avvalgi yillik cheklov qo‘llanilmaydi.

 

Farmon bilan qurilish sohasida ham qator yengilliklar joriy etildi. Xususan, 2029-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilishda foydalaniladigan maxsus texnikalar, laboratoriya hamda instrumental nazorat uskunalarini import qilish bojxona bojidan ozod etildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani yangi lavozimi bilan tabrikladi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

custom img

Turizmni filmlar orqali targ‘ib qilish: “Film in Uzbekistan” platformasi yaratiladi

Endi O‘zbekistonda film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning 25 foizigacha qoplab beriladi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi forumi yakunlandi: ishtirokchilar Prezidentga murojaat yo‘lladi

46 davlatdan 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan xalqaro forum o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

custom img

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmonlari bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi

Davlat idoralarida manfaatlar to‘qnashuviga oid 831 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, yuzlab xodimlarga nisbatan tartibga solish choralari ko‘rildi.

custom img

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Zulayho Mahkamova egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

custom img

Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Umumiy 27 nafar voyaga yetmagan bolalarga tegishli ruxsatnomalarsiz diniy ta’lim berib kelingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomi ekani ta’kidlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Endilikda yiliga bir nechta avtomobil import qilish mumkin