Jahon

Eron AQSh bilan kelishuv uchun 24 milliard dollarlik aktivlarni muzlatishdan chiqarishni talab qildi

Eron rasmiysining ta'kidlashicha, Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Eron AQSh bilan kelishuv uchun 24 milliard dollarlik aktivlarni muzlatishdan chiqarishni talab qildi

 

Eron va AQSh o‘rtasida muhokama qilinayotgan ehtimoliy kelishuv Tehronning xorijdagi 24 milliard dollarlik aktivlarini muzlatishdan chiqarish masalasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Eron Oliy rahbarining harbiy maslahatchisi Mohsen Rizoiy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va vaziyatni o‘zgartirish AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘lida.

 

“Eron aktivlarini muzlatishdan chiqarish ikki tomon o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin. Bu mablag‘lar Eronga tegishli bo‘lib, ular AQShniki emas”, — deya ta'kidlagan Rizoiy.

 

Ma’lum qilinishicha, Tehron vaqtinchalik kelishuv imzolangach darhol 12 milliard dollar, keyingi bosqichda esa yana 12 milliard dollar mablag‘ni ozod qilishni talab qilmoqda.

 

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari ushbu aktivlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish Vashingtonning Tehronga nisbatan eng muhim bosim vositalaridan birini yo‘qotishiga olib kelishidan xavotir bildirmoqda.

 

Shu sababli, muzlatilgan aktivlar masalasi Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning eng muhim va bahsli mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv istiqbollari aynan ushbu masalaning qanday hal etilishiga bog‘liq ekani qayd etilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"