O'zbekiston

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida O‘zbekiston fuqarosi halok bo'ldi

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Dehlidagi yong‘inda 13 nafar xorijlik halok bo‘lgan, 20 dan ortiq chet el fuqarosi jarohat olgan.

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida O‘zbekiston fuqarosi halok bo'ldi

 

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrining janubiy qismida joylashgan mehmonxonada yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Bu haqda  TASS Hindistonda elchixonasiga tayanib xabar berdi.

 

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 13 nafar xorijiy fuqaro vafot etgan. Ular orasida Mozambik, Nigeriya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Bangladesh, Liberiya, Kongo va Iroq fuqarolari bor.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 20 nafardan ortiq xorijiy fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning davlatlari elchixonalari bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatish ishlarini olib bormoqda.

 

Vazirlik vakili mahalliy hokimiyat organlari hamda tibbiyot muassasalari bilan birgalikda hujjatlarni rasmiylashtirish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom etayotganini bildirgan.

 

Hodisa 3-iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Qutqaruv xizmatlari tomonidan 47 kishi xavfsiz hududga olib chiqilgan. Yong‘in sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona egasi huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

 

Avvalroq Hindistondagi O'zbekiston elchixonasi ushbu yirik yong'inda qurbonlar yoki jarohatlanganlar orasida O'zbekiston fuqarolari yo'qligini ma'lum qilgan edi. Biroq, keyinchalik Hindiston tomonidan yangilangan ma'lumotlar taqdim etildi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.