O'zbekiston

Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kun o‘tib vafot etdi

Shifokorlar bemorga shoshilinch kesarcha kesish amaliyotini tavsiya qilgan, biroq yaqinlari bunga rozilik bermagan. Keyinchalik homilaning antenatal o‘limi aniqlangan.

Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kun o‘tib vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida homilasi nobud bo‘lgan ayolning oradan uch kun o‘tib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro N.E. joriy yil 10-aprel kuni Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga qorin va bel sohasidagi og‘riqlar bilan murojaat qilgan. Tibbiy ko‘rik davomida qog‘onoq suvlari xiralashgani hamda homilaning yurak urishida jiddiy o‘zgarishlar aniqlangan.

 

Shifokorlar tomonidan bemor va uning yaqinlariga shoshilinch ravishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish zarurligi tushuntirilgan. Biroq bemorning yaqinlari jarrohlik amaliyotiga rozilik bermagan va ayol boshqa tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.

 

Keyingi tekshiruvlarda homilaning antenatal o‘limi aniqlangan. Shundan so‘ng bemor 11-aprel kuni Ishtixon tuman markaziy shifoxonasiga qayta murojaat qilgan va statsionar davolanishga yotqizilgan.

 

Shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar o‘tkazilganiga qaramay, fuqaro N.E. 14-aprel kuni vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida xizmat tekshiruvi va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi bilan kechgan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi sabab bo‘lgan.

 

Shuningdek, mas’ul tibbiyot xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida qo‘shimcha komission sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq  Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"