O'zbekiston

Toshkentda IIB binosida PPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Uning mashinasidan o‘tkir hidli modda solingan paketlar topilgan.

Toshkentda IIB binosida PPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

 

Chilonzor tumanida huquq-tartibot organlari xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Joriy yil 27-mart kuni tungi soat 00:30 larda PPX inspektorlari tomonidan “Seoul Mun” sayilgohi avtoturargohida shubhali harakatlari bilan e’tiborni tortgan J.Q va Z.J. lar to‘xtatilib, tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida 1998-yilda tug‘ilgan Z.J boshqaruvida bo‘lgan MG5 Scorpio avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, ichidan o‘tkir hidli modda solingan paketlar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Shundan so‘ng fuqaro Z.J aniqlangan holat yuzasidan huquqiy chora ko‘rilmasligi evaziga safdor Qamariddin Bekmurodovga 7 000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Biroq xodim ushbu noqonuniy taklifni rad etib, holat yuzasidan ichki ishlar organlarining tegishli bo‘linmasiga murojaat qilgan.

 

Keyinchalik, Chilonzor tuman IIB binosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.Jarulloh pora sifatida 7 000 AQSh dollarini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"