Jahon

Hindistonda “Suvaraklar partiyasi” ommaviy namoyish o‘tkazdi

Namoyishchilar Hindiston ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda.

Hindistonda “Suvaraklar partiyasi” ommaviy namoyish o‘tkazdi

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan “Suvaraklar xalq partiyasi” (SXP) harakati tarafdorlari ilk yirik ommaviy namoyishini o‘tkazdi. Parlament yaqinida bo‘lib o‘tgan aksiya harakatning virtual maydondan ko‘cha siyosatiga chiqishdagi birinchi muhim qadami sifatida baholanmoqda. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Namoyishga yaqinda o‘tkazilgan imtihonlarda kuzatilgani aytilayotgan qonunbuzarliklar turtki bo‘lgan. Biroq tadbir davomida ta’lim tizimi, yoshlar bandligi va iqtisodiy imkoniyatlar bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi.

 

Harakat asoschisi Abhijit Dipke AQSHdan kelib namoyishda ishtirok etdi. Uning ma’lum qilishicha, politsiya aksiyani o‘tkazishga ruxsat bergan. Namoyishchilar Hindiston ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qilmoqda.

 

Tashkilotchilar ishtirokchilarni Hindiston bayrog‘i va kitob bilan kelishga chaqirgan. Ularning ta’kidlashicha, bu ta’lim olish huquqi va teng imkoniyatlar ramzi hisoblanadi. Namoyish davomida tinchlikni saqlash va huquq-tartibot organlari bilan to‘qnashuvlardan qochish bo‘yicha murojaatlar ham yangradi.

 

26 yoshli namoyishchi Mansi Sehgal harakat dastlab imtihonlar bilan bog‘liq muammolar tufayli shakllanganini, biroq yoshlar uchun o‘z fikrini bildirish va savol berish imkoniyatlari cheklangani sabab kengroq qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘layotganini ta’kidladi.

 

Namoyish yakunida SXP hukumatga yetti kun muddat berganini ma’lum qildi. Harakat bayonotiga ko‘ra, bu vaqt ichida ta’lim vaziri iste’fo berishi yoki bosh vazir Narendra Modi tomonidan lavozimidan ozod etilishi kerak. Aks holda norozilik harakatlari mamlakatning boshqa hududlariga ham yoyilishi mumkinligi bildirildi.

 

Atigi uch hafta oldin tashkil etilgan SXP qisqa vaqt ichida katta auditoriyani jamlashga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Hindiston Oliy sudi sudyasi ishsiz yoshlarni mensimay, ularni "internetda o‘tirib, duch kelganga hujum qiladigan suvaraklar", deb ataganidan keyin  “Suvaraklar xalq partiyasi” harakati tashkil etilgan edi.

 

Harakatning Instagram sahifasi 22 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega. Uning tarafdorlari ishsizlik, korrupsiya va siyosiy tizimdagi muammolarni satirik videolar hamda memlar orqali muhokama qilmoqda.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, SXPning ilk ommaviy namoyishi uning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligini real siyosiy va ijtimoiy ta’sirga aylantira olishi yoki olmasligini ko‘rsatadigan muhim sinov bo‘ldi. Shu bilan birga, harakat tanqidchilari uni internetdagi qisqa muddatli trend va siyosiy satira mahsuli sifatida baholamoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.