O'zbekiston

Ishsizlik nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning 75 foizi ishlatilmagan — Bandlik vazirligi faoliyati tanqid ostiga olindi

40 ming nafar xotin-qizga subsidiya ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda ushbu imkoniyatdan atigi 7 ming nafari foydalangan.

Ishsizlik nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning 75 foizi ishlatilmagan — Bandlik vazirligi faoliyati tanqid ostiga olindi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi tanqid ostiga olindi.

 

Majlisda ta’kidlanishicha, 2025-yilda mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 45,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu umumiy davlat xarajatlarining 11,9 foizini tashkil etadi.

 

Muhokamalar davomida deputat Sayyora Imomova ayrim yo‘nalishlarda mablag‘lardan foydalanish samaradorligi past bo‘lganini qayd etgan. Uning ma’lum qilishicha, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan 485,6 milliard so‘m mablag‘ning atigi 63,9 foizi ishlatilgan.

 

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish davlat maqsadli jamg‘armasi orqali ishsizlik nafaqasi va moddiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning 75 foizi, ya’ni 48,6 milliard so‘mi ishlatilmay qolgan.

 

Deputat xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan subsidiyalar taqsimoti bilan bog‘liq holatlarga ham e’tibor qaratgan. Qayd etilishicha, hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 40 ming nafar xotin-qizga subsidiya ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda ushbu imkoniyatdan atigi 7 ming nafari foydalangan.

 

Natijada 33 ming nafar ayolni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilmagan. Bundan tashqari, mazkur yo‘nalish uchun ajratilgan mablag‘larning ham atigi 27 foizi o‘zlashtirilgani ta’kidlangan.

 

Deputatning fikricha, davlat tomonidan katta hajmdagi mablag‘lar ajratilganiga qaramay, ehtiyojmand oilalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan.

 

Bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Murodov mazkur holatni mablag‘ ajratish mexanizmlaridagi o‘zgarishlar bilan izohlagan. Uning aytishicha, samaradorligi past deb topilgan 14 turdagi subsidiya bekor qilinib, ularning o‘rniga foizsiz ssudalar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari joriy etilgan.

 

Vazirlik vakiliga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar natijasida subsidiya olgan ayollar soni rejalashtirilgan ko‘rsatkichga yetmagan bo‘lsa-da, mablag‘lardan foydalanishning yangi va samaraliroq mexanizmlari shakllantirilgan.

 

Biroq Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov vazirlikning izohlarini qoniqarli deb hisoblamagan. U ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq tahlil va asoslantirilgan javoblar berilmaganini ta’kidlagan.

 

Spiker subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan 40 ming nafar ayoldan atigi 7 ming nafari ushbu imkoniyatdan foydalanganini tanqid qilib, bunday holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish zarurligini qayd etgan. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni tahlil qilish hamda kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqish lozimligini ta’kidlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.