O'zbekiston

Qarshidagi “zapravka” portlashida 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisa natijasida yana 5 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

Qarshidagi “zapravka” portlashida 6 kishi halok bo‘ldi

 

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8-iyun kuni soat 13:50 da Qarshi tumanining “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan MChJ shaklidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

 

Xabar kelib tushgach, voqea joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmasi jalb etilgan. Qutqaruvchilar soat 14:02 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:05 da qurshab olinib, soat 14:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash va yong‘in oqibatida 4 ta avtomobil, jumladan 2 ta Cobalt hamda gaz tashishga mo‘ljallangan 2 ta maxsus transport vositasi zarar ko‘rgan. Shuningdek, 2 ta yer osti yoqilg‘i saqlash rezervuari ham yongan.

 

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda portlash sabablarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.

 

Komissiyaga jabrlanganlarga amaliy yordam ko‘rsatish, portlashning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, zarar ko‘lamini aniqlash hamda kelgusida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan.

 

Ayni paytda hodisa sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.