O'zbekiston

Toshkentda uyida givohvandlik o'simliklarini yetishtirgan shaxs ushlandi

Shuningdek, qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan narkotik olib kirib va Xorazmda sotish uchun olib ketayotgan narkosavdogar qo'lga olindi.

Toshkentda uyida givohvandlik o'simliklarini yetishtirgan shaxs ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga aloqador shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga malum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan fuqaro internet orqali giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Uning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik vositasi, 300 dona zip-paket, izolentalar hamda elektron tarozi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Dastlabki surishtiruv jarayonida ushbu shaxs Toshkent tumanida joylashgan, onasiga tegishli xonadonda gidroponika usulida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur manzil ko‘zdan kechirilganda 10 tup kannabis o‘simligi, bir tup quritilgan giyohvandlik vositasi, shuningdek, ularni parvarishlashda foydalanilgan maxsus vositalar va elektron tarozi musodara qilingan.

 

Yana bir holatda, “Samarqand–Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi Tuproqqal’a tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Urgut tumanida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 810 gramm opiy moddasi borligi aniqlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu giyohvandlik vositasi qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani va Xorazm viloyatida sotish maqsadida tashib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, gumonlanuvchilarning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.