Jahon

Yevropa Ittifoqi eronliklarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Qaror Hormuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovining cheklangani ortidan qabul qilingan.

Yevropa Ittifoqi eronliklarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi Hormuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovi erkinligini cheklash bilan bog‘liq harakatlar sabab Eronning ikki fuqarosi hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Dengiz kuchlarining Hormozgon viloyati qo‘mondonligiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

YI bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga IIQK Dengiz kuchlari qo‘mondonining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Akbarzoda va Eron Neft, gaz va neft-kimyo mahsulotlari eksportchilari uyushmasi vakili Hamid Husayniy ham kiritilgan.

 

Bryusselning ta’kidlashicha, bu Yevropa Ittifoqining navigatsiya erkinligini himoya qilish bo‘yicha yangi sanksiya mexanizmidan Eronga nisbatan ilk bor foydalanishidir. Qaror dunyo neftining qariyb beshdan bir qismi tashiladigan Hormuz bo‘g‘ozidagi dengiz qatnovi erkinligiga tahdidlar bilan izohlangan.

 

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallasning aytishicha, Eronning bo‘g‘ozdagi harakatlari qabul qilib bo‘lmaydigan holat hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zo davlatlar tranzit harakatini buzishda ishtirok etgan Eron tashkilotlari va shaxslariga nisbatan sanksiyalarni ma’qullagan.

 

“Bu Yevropa Ittifoqining navigatsiya erkinligi rejimidan birinchi marta foydalanishidir va zarurat tug‘ilganda undan yana foydalanamiz”, — dedi Kallas Kiprda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

 

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodi esa Tehron Yevropa Ittifoqining ushbu qarorini “siyosiy va ikkiyuzlamachi qadam” deb baholaganini bildirib, Eron strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan o‘z suverenitetini saqlash siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.

 

Eron 2026-yil 28-fevral kuni AQSH va Isroilning mamlakatga qarshi zarbalari boshlanganidan so‘ng Hormuz bo‘g‘ozini yopish choralarini ko‘rgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.