O'zbekiston

Avtomobillar hovlidan chiqadi, bolalar uchun joy ochiladi: Toshkentda yangi loyiha

Ko‘p qavatli uylarning ichki hovlilaridagi avtoturargohlarni tashqariga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Avtomobillar hovlidan chiqadi, bolalar uchun joy ochiladi: Toshkentda yangi loyiha

 

Toshkent shahar hokimligi “15 daqiqali qulay muhit” loyihasi doirasida poytaxt mahallalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

 

Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, bog‘cha, maktab, oilaviy poliklinika, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va dam olish maskanlari piyoda 15 daqiqalik masofada joylashishi kerak. Bu orqali kundalik yumushlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirib, oila, hordiq va muloqot uchun ko‘proq imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Rejaga muvofiq, avtoturargohlar va avtomobil yo‘laklari ko‘p qavatli uylarning ichki hovlilaridan tashqariga chiqarilishi mumkin. Bo‘shagan hududlar bolalar o‘ynashi, sayr qilish va qo‘shnilarning dam olishi uchun moslashtiriladi.

 

Shuningdek, mahallalarda bolalar aravachasi bilan sayr qilish, soyada dam olish yoki qo‘shnilar bilan suhbatlashish mumkin bo‘lgan xiyobonlar va sersoya yo‘laklar barpo etish rejalashtirilgan. Bolalar va kattalar uchun sport maydonchalari hamda uchrashuv joylari ham tashkil etiladi.

 

Loyiha doirasida mahalla ko‘chalariga zamonaviy videokuzatuv tizimlari va favqulodda vaziyatlarda yordam chaqirish imkonini beruvchi ko‘zga tashlanadigan SOS tugmalarini o‘rnatish ham nazarda tutilgan.

 

Toshkent shahrida 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga borib esa jami 400 ta mahallani kompleks yangilash rejalashtirilgan.

 

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi mahallalarni yanada qulay va xavfsiz maskanga aylantirish, shu bilan birga, aholi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va yordamga tayyorlik kabi qadriyatlarni saqlab qolishdan iborat.

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Prezident xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.