Sport

Himoyadagi xatolardan ko‘ra jamoamizdagi ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Niderlandiyaga qarshi uchrashuv yuzasidan fikr bildirdi.

Himoyadagi xatolardan ko‘ra jamoamizdagi ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim — Fabio Kannavaro

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jamoa o‘yini yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa kuchli raqibga qarshi maydonda ko‘plab ijobiy jihatlarni namoyish eta olgan.

 

“Hisob 1:0 bo‘lgan vaziyatda ham futbolchilarimiz o‘yin tartibini yo‘qotmadi. Jamoa bo‘lib harakat qilishda davom etdik va bahs oxirigacha kurashdik. Bunday darajadagi terma jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas, biroq uchrashuv davomida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim”, — degan murabbiy.

 

Kannavaro bunday uchrashuvlar futbolchilar uchun muhim tajriba maktabi ekanini ta’kidlab, kuchli raqiblarga qarshi bahslarda jamoa yangi saboqlar olishini qayd etgan.

 

Himoyadagi xatolar haqida fikr bildirgan mutaxassis futbolni xatolarsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini aytdi.

 

“Futbolda xatolar bo‘lib turadi. Bu normal holat. Bizning vazifamiz futbolchilarga bunday xatolar sonini kamaytirishda yordam berishdir. Ammo rostini aytsam, bugun himoyadagi kamchiliklardan ko‘ra jamoamizdagi ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim”, — dedi u.

 

Shuningdek, bosh murabbiy jamoaning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha olib borilgan ishlardan qoniqish hosil qilganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlik jarayoni bir oydan ortiq davom etgan, legioner futbolchilar esa keyinroq yig‘inga qo‘shilgan.

 

“Jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi ish olib borganimizga ishonaman. Albatta, ayrim futbolchilar bilan bog‘liq hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar mavjud va biz bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiramiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Kannavaro.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.