O'zbekiston

O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Qonun loyihasi xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xorijiy fuqarolar uchun maxsus soliq rejimini joriy etish hamda professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Hujjatda bunday shaxslarni maxsus tartib asosida soliq rezidenti sifatida tan olish mexanizmi ham nazarda tutilgan.

 

Loyihaga muvofiq, xorijiy fuqarolar belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirishi, shuningdek, vakolatli bank yoki kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha litsenziyaga ega platformalarda hisob ochishi lozim bo‘ladi.

 

Shuningdek, qonun loyihasi bilan maxsus soliq rejimidan foydalanuvchi xorijliklarning voyaga yetgan yaqin qarindoshlari O‘zbekiston hududidan tashqarida olgan daromadlarini soliqqa tortishdan ozod etish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Hujjatda dual ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normalar ham o‘rin olgan. Jumladan, dual ta’lim asosida tahsil olayotgan xodimlar ish haqidan undiriladigan ijtimoiy soliq stavkasini ikki baravar kamaytirish taklif etilmoqda.

 

Deputatlar mazkur qonun loyihasi xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni jalb etish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.