Jahon

Eron Minab maktabi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab yangi banknota chiqardi

1 million rial qiymatidagi yangi banknotada aynan ushbu maktab tasviri aks ettirilgan.

Eron Minab maktabi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab yangi banknota chiqardi

Eron Markaziy banki Minab shahridagi Shajareh Tayyebeh boshlang‘ich maktabi tasvirlangan yangi banknotani muomalaga kiritdi. Bu haqda The New Region xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur maktabga fevral oyida yuz bergan harbiy amaliyot chog‘ida berilgan zarba oqibatida kamida 175 kishi, jumladan ko‘plab bolalar halok bo‘lgan.

 

Voqea AQSh–Isroil urushi boshlangan 28-fevral kuni yuz bergan bo‘lib, AQSh tomonidan amalga oshirilgan zarba aslida Islom inqilobi qo'riqchilari korpusiga tegishli harbiy obyektni nishonga olgan, biroq u adashib yaqin atrofdagi maktabga tushgani aytilmoqda.

 

Hujum oqibatida halok bo‘lganlarning aksariyati 7–12 yoshdagi bolalar ekani bildirilgan.

 

Eron davlat televideniyesi IRIB ma’lumotiga ko‘ra, 100 ming toman (1 million rial) qiymatidagi yangi banknotada aynan ushbu maktab tasviri aks ettirilgan. Amaldagi iqtisodiy vaziyat va keskin inflyatsiya fonida mazkur summa 1 AQSh dollaridan ham kam qiymatga teng ekani qayd etilgan.

 

Mamlakat rasmiylari yillar davomida davom etayotgan sanksiyalar Eron iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini, milliy valyuta — rial esa sezilarli darajada qadrsizlanganini ta’kidlamoqda.

 

Tehron AQShning zarbasini keskin qoralab, uni inson huquqlarining jiddiy buzilishi sifatida baholagan va hodisa ataylab amalga oshirilgan deb hisoblashini bildirgan.

 

Human Rights Watch tashkiloti esa Minabdagi voqeani harbiy jinoyat sifatida tekshirishga chaqirib, maktabning harbiy obyektga yaqin joylashuvi uni hujum uchun qonuniy nishonga aylantirmasligini ta’kidlagan.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi BMT Inson huquqlari kengashida qilgan chiqishida ham bu hujum “tasodifiy xato emas, balki ataylab amalga oshirilgan harakat” ekanini iddao qilib, AQShni javobgarlikka tortish zarurligini aytgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"