O'zbekiston

“O‘zbekiston barcha uchun xavfsiz mamlakat”

Gonkong OAVi O‘zbekiston turizmi haqida material e’lon qildi.

“O‘zbekiston barcha uchun xavfsiz mamlakat”

“HKG TVB news today” telekanali orqali Gonkong va O‘zbekiston vizasiz rejim muddati uzaytirilayotgani va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yilishi kutilyotganligi, shuningdek, moqda, Gonkong sayyohlik agentliklari ikki tomonlama turizmni rivojlantirilishiga umid bilan qarayotganligi to‘g‘risida material e’lon qildi.

 

“Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston poytaxti Toshkentda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatning noyob arxitektura timsoliga aylandi. U texnologik yutuqlarni o‘z ichiga olgan holda an’anaviy islom estetikasini namoyish etadi. Uning kolleksiyasida bizgacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy qo‘lyozmalardan biri bo‘lgan Qur’oni karimning “Usmon Mus’hafi” mavjud” deyiladi ko‘rsatuvda.

 

Materialda Xitoydan O‘zbekistonga kelgan sayyoh Ni xonimning fikrlari ham kiritilgan: 

 

“Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi islomiy an’analarda kelib chiqilgan. Ularning naqshlari va bezaklari juda murakkab bo‘lib, bu Xitoy arxitekturasidan keskin farq qiladi”.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda xos arxitekturani hamma joyda uchratish mumkin, jumladan, metro stansiyalarida. Toshkent Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va eng uzun metro liniyasiga ega. Shuningdek, poytaxtda 375 metr balandlikdagi teleminora mavjud bo‘lib, u sayyohlar uchun shaharni kuzatuv minorasi vazifasini ham o‘taydi.

 

“O‘zbekiston so‘nggi yillarda viza tartibini yumshatish va transport infratuzilmasini yaxshilash evaziga turizm industriyasini jadal rivojlantirmoqda. O‘tgan yili mamlakat o‘n bir million dan ortiq xorijiy sayyohni qabul qildi. Xitoy Xalq Respublikasi Syangan (Gonkong) maxsus ma’muriy hududi Administratsiyasi rahbari Li Szyachao boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida sayyohlar uchun vizasiz muddatni 10 kundan 30 kungacha uzaytirishga kelishib oldi, shuningdek, ikki davlat aviakompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham dastlabki kelishuvga erishildi. Vizasiz muddatni o‘ttiz kungacha uzaytirish juda foydali bo‘ladi, chunki sayyohlar uchun odatda o‘n kun etarli emas. Agar kelajakda Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bo‘lsa, bu sayyohlik guruhlari uchun juda qulay bo‘ladi. Hozirda Gonkongliklardan juda kam odam O‘zbekistonga sayohat qiladi, chunki ular boshqa mamlakatlar orqali Toshkentga tranzit reyslar orqali borishni yoqtirmaydilar”, deb yoritilgan materialda.

 

Shuningdek, ko‘rsatuvda Gonkong sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi prezidenti Yip Xingning intervyusi berilgan: 

 

“Yaqin Sharqdagi urushlar boshlanganidan keyingina biz bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun ishlashimiz kerakligini tushundik. Sayohat qilishda eng muhimi xavfsizlik. Men O‘zbekiston barcha uchun juda xavfsiz ekanligini ko‘rdim. Hatto tunda mehmonxonadan tashqariga chiqishdan tashvishlanishga hojat yo‘q”.

 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekistonga Gonkongdan bir guruh turizm kompaniyalarining 70 dan ortiq vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Toshkent, Samarqand va Buxoro yo‘nalishlarida mamlakatning turizm salohiyati bilan tanishtirildi.

 

Ma’lumki, Gonkong Osiyo mintaqasining eng yirik moliyaviy, biznes va logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois O‘zbekiston uchun mazkur hudud nafaqat turistik bozor, balki investitsiya va xalqaro hamkorlik nuqtayi nazaridan ham muhim strategik yo‘nalish sanaladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.