Sport

O‘zbekistonlik muxlislarning yarmidan ko‘pi AQSh vizasini ololmadi

JCH—2026 ishtirokchi mamlakatlaridan 11 tasida viza rad etish darajasi 40 foizdan yuqori.

O‘zbekistonlik muxlislarning yarmidan ko‘pi AQSh vizasini ololmadi

BBC xabariga ko‘ra, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarini stadiondan bevosita tomosha qilishni istagan ko‘plab mamlakatlar fuqarolari, jumladan o‘zbekistonlik muxlislar ham AQSh va boshqa mezbon davlatlar vizasini olish jarayonida jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda.

 

Tahlillarga ko‘ra, mundialga yo‘l olgan davlatlar fuqarolarining qariyb chorak qismidan ko‘prog‘i sayohat cheklovlari yoki viza rad etilish holatlariga uchramoqda. Ayrim holatlarda esa arizalarning katta qismi rad etilmoqda.

 

BBC qayd etishicha, vaziyat AQShda olib borilayotgan qat’iy immigratsion siyosat va sayohat cheklovlari bilan yanada murakkablashgan. Ushbu cheklovlar ro‘yxatiga turnirga yo‘llanma olgan Gaiti, Eron, Senegal va Kot-d’Ivuar kabi davlatlar ham kiritilgan bo‘lib, ularning fuqarolari uchun AQSh vizasini olish amalda juda qiyinlashgan.

 

AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Jahon chempionati — 2026 ishtirokchi mamlakatlaridan 11 tasida viza rad etish darajasi 40 foizdan yuqori. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston bilan birga Ekvador, Misr, Jazoir, Iordaniya hamda bir qator Afrika davlatlari ham bor.

 

Shunga qaramay, FIFA muxlislar uchun viza jarayonini tezlashtirish maqsadida FIFA Pass tizimini joriy etgan. Biroq mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu tizim viza berilishini kafolatlamaydi.

 

AQSh rasmiylari esa qat’iy tekshiruvlarni milliy xavfsizlikni ta’minlash va vizasi tugagandan so‘ng mamlakatda noqonuniy qolib ketish holatlarining oldini olish bilan izohlamoqda.

 

Viza bilan bog‘liq muammolar faqat AQSh bilan cheklanib qolmagan. Turnir mezbonlaridan biri bo‘lgan Kanada va Meksikada ham immigratsion tartiblar qat’iy. 

 

Xususan, Meksikaning O‘zbekiston, Iroq, Kot-d’Ivuar va Senegal kabi sakkizta ishtirokchi davlatda diplomatik vakolatxonasi yoki elchixonasi yo‘qligi muxlislarning o‘yinlarga borish imkoniyatini sezilarli darajada cheklab qo‘ymoqda.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.