O'zbekiston

TIV Jahon chempionatiga borayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga tavsiyalar berdi

TIV muxlislarni mezbon davlatlar qonun-qoidalariga rioya qilishga, hujjatlarni oldindan rasmiylashtirishga va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi.

TIV Jahon chempionatiga borayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga tavsiyalar berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini tomosha qilish uchun AQSH, Kanada va Meksikaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga qator tavsiyalar bilan chiqdi.

 

Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ma’lum qilishicha, safar oldidan mezbon davlatlarning viza va migratsiya talablarini sinchiklab o‘rganish, barcha zarur hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda ularning amal qilish muddatini tekshirish tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, muxlislardan pasport va boshqa muhim hujjatlarning asl nusxalari bilan birga elektron va qog‘oz nusxalarini ham saqlash, mahalliy qonunchilik va jamoat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.

 

TIV safar davomida harakatlanish marshrutlarini oldindan rejalashtirish, faqat rasmiy transport va axborot xizmatlaridan foydalanish, gavjum joylarda shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilish hamda ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslikni tavsiya qilgan.

 

Qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlar, hujjatlar yo‘qolishi yoki boshqa muammolar yuzaga kelganda mahalliy tezkor xizmatlar hamda O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish lozim.

 

Vazirlik muxlislarni milliy terma jamoani munosib qo‘llab-quvvatlashga, mezbon mamlakatlar qonun-qoidalari, mahalliy an’ana va madaniyatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi. TIVga ko‘ra, Jahon chempionati davrida har bir o‘zbekistonlik nafaqat muxlis, balki mamlakatning xorijdagi vakili sifatida ham e’tibor markazida bo‘ladi.

 

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari doimiy nazoratda ekanini hamda zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"