O'zbekiston

Toshkent viloyatida 10 kg kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Musodara qilingan kumushning umumiy qiymati 235 million 229 ming so‘mni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida 10 kg kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Zamon.uz'ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro 13 dona quyma bo‘lakdan iborat jami 10 kilogramm 35 gramm kumushni 20,8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan kumushning umumiy qiymati 235 million 229 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu fuqaro zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xodimi ekani aniqlangan. Korxonada oltin va kumush mahsulotlariga qayta ishlov berilgani, biroq qimmatbaho metallarni affinaj qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli ruxsat mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

 

Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu manzilda umumiy qiymati 3 milliard 483 million so‘mlik 58 kilogramm kumush hamda 2,2 kilogramm oltin saqlanayotgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"