O'zbekiston

Andijondagi fojiada halok bo‘lganlar poliklinikaning texnik xodimlari ekani ma’lum qilindi

Xodimlar oqova va chiqindi suvlar to‘planadigan bunkerda tozalash hamda ta’mirlash ishlarini olib borish vaqtida zaharli gaz ta’siriga uchragan.

Andijondagi fojiada halok bo‘lganlar poliklinikaning texnik xodimlari ekani ma’lum qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi tibbiyot birlashmasida 4 nafar poliklinika xodimi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida vafot etganlar tibbiyot xodimlari emas, balki muassasaning texnik xodimlari bo‘lgan.

 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 10-iyun kuni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasa hududida texnik xodimlar oqova va chiqindi suvlar to‘planadigan bunkerda tozalash hamda ta’mirlash ishlarini olib borish vaqtida zaharli gaz ta’siriga uchragan. Oqibatda 4 nafar xodim voqea joyida vafot etgan.

 

Hodisa haqida tegishli xizmatlarga xabar berilgach, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelib, marhumlarning jasadlarini bunker ichidan olib chiqqan.

 

Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilgan va dafn marosimlarini tashkil etish bilan bog‘liq zarur choralar ko‘rilgan.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.