Sport

Fabio Kannavaro JCH2026’da eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar beshligiga kirdi

Jahon chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ro'yxatini e'lon qilindi.

Fabio Kannavaro JCH2026’da eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar beshligiga kirdi

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar qatoridan joy oldi.

 

Finance Football nashri tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yiliga taxminan 4 million yevro maosh oladi va Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan beshinchi o‘rinda turibdi.

 

Reytingning birinchi o‘rnini Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti egallagan bo‘lib, uning yillik maoshi 10 million yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann (7 million yevro), uchinchi o‘rinda esa AQSh terma jamoasi murabbiyi Maurisio Pochettino (6 million yevro) qayd etilgan.

 

To‘rtinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel egallagan bo‘lib, uning maoshi 5,8 million yevroni tashkil qiladi.

 

Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Fransiya (Didye Desham), Niderlandiya (Ronald Kuman), Urugvay (Marselo Byelsa), Kanada (Jessi March), Meksika (Xaver Agirre) va Paragvay (Gustavo Alfaro) terma jamoalari murabbiylari ham kiritilgan.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati 11-iyun – 19-iyul kunlari AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi va tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.