O'zbekiston

O‘zbekiston va Jazoir siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, Qo‘shilmaslik harakati, BMT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Jazoir siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Al-Jazoir shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmad Attaf boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri ma'lum qildi. 

 

Qayd etilishicha, tor va keng doirada o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Tomonlar Jazoirning Afrika qit’asidagi muhim va istiqbolli sherik ekanini qayd etib, ikki davlat o‘rtasida hali to‘liq ishga solinmagan katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Muzokaralarda tarixiy do‘stlik munosabatlarini amaliy sheriklik bilan boyitish, oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni muntazam yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, Qo‘shilmaslik harakati, BMT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Mintaqaviy va xalqaro vaziyat ham muhokama qilinib, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar barqarorlikni ta’minlash va keskinlikni kamaytirishda vazminlik, muloqot hamda diplomatiyaning muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi Bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya bilan Jazoir Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik va xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

 

 

Qayd etilishicha, mazkur hujjatlar siyosiy muloqotni faollashtirish, diplomatik aloqalarni kengaytirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun huquqiy asos yaratadi.

 

Shuningdek, delegatsiya Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdelmajid Tabboun tomonidan qabul qilindi. Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.

 

Suhbat davomida O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish, mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish va aniq amaliy natijalarga erishish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.