Jahon

Rossiyada migrantlar uchun majburiy tibbiy ko‘rik 90 kundan 30 kungacha qisqartirildi

Putin migrantlarni tibbiy nazorat qilish bo‘yicha yangi qonunni imzoladi.

Rossiyada migrantlar uchun majburiy tibbiy ko‘rik 90 kundan 30 kungacha qisqartirildi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish hamda mehnat migrantlarining sog‘lig‘i ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, Rossiyaga kirib kelgan xorijiy fuqarolar va mehnat migrantlari xavfli yuqumli kasalliklar, OIV infeksiyasi hamda giyohvand moddalarni iste’mol qilish holatlari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan 30 kun ichida o‘tishi shart bo‘ladi. Avval ushbu muddat 90 kun etib belgilangan edi.

 

Shuningdek, Rossiya hududida 30 kundan ortiq muddat qoladigan migrantlar har yili majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

 

Qonunga muvofiq, tibbiy ko‘rik xarajatlari migrantlarning o‘zlari yoki ularni ishga qabul qilayotgan ish beruvchilar tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, migrantlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishda vositachilar ishtirokiga chek qo‘yilib, ushbu xizmatlarni faqat vakolatli tashkilotlar amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

 

Yangi tartib vaqtinchalik yashash guvohnomasi, ishlash uchun ruxsatnoma olish yoki uni uzaytirish jarayonlarida ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishni majburiy talab sifatida belgilaydi.

 

Tibbiy tekshiruv natijalari elektron shaklda rasmiylashtirilib, Yagona davlat sog‘liqni saqlash axborot tizimiga kiritiladi. Agar migrantda xavfli kasalliklar, OIV infeksiyasi yoki giyohvand moddalar iste’moli aniqlansa, tegishli tibbiyot muassasalari bu haqda 24 soat ichida Ichki ishlar vazirligi va sanitariya nazorati organlariga ma’lumot taqdim etadi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"