Sport

O‘zbekiston–Kolumbiya o‘yini uchun 74 mingdan ortiq chipta sotildi

18-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Kolumbiya bahsiga qiziqish rekord darajaga yetdi.

O‘zbekiston–Kolumbiya o‘yini uchun 74 mingdan ortiq chipta sotildi

 

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv turnirning eng katta qiziqish uyg‘otayotgan o‘yinlaridan biriga aylandi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bahs uchun hozirga qadar 74 ming 725 ta chipta sotilgan. Bu ko‘rsatkich JCh-2026 doirasida o‘tkaziladigan o‘yinlar orasida eng yuqori natija sifatida qayd etilmoqda.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston ishtirokidagi uchrashuv chipta savdosi bo‘yicha Meksika – Janubiy Afrika o‘rtasidagi turnirning ochilish bahsi (73 373 ta) hamda Braziliya – Marokash uchrashuvi (73 719 ta) natijalaridan ham o‘zib ketdi.

 

Tarixiy bahs 18-iyun kuni Meksika poytaxtidagi afsonaviy “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. 81070 ta tomoshabinga mo‘ljallangan arena o‘rinlarining qariyb 92 foizi allaqachon band qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinga bo‘lgan yuqori qiziqish sabab stadiondagi qolgan chiptalar ham tez orada sotib bo‘linishi kutilmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"