O'zbekiston

Qarshi hokimi o‘rinbosari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Tekshiruv natijasida Nurbek Turdiyev tomonidan xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.

Qarshi hokimi o‘rinbosari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hokimining birinchi o‘rinbosari xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hokim o‘rinbosarining xodimlarni dam olish kunlari ishga majburan jalb qilgani hamda ularga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lgani haqidagi murojaat belgilangan tartibda o‘rganilgan.

 

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani o‘z tasdig‘ini topgan. Shu munosabat bilan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi asosida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41 million 200 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

 

Bundan tashqari, xodimlarga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lingani yuzasidan uning xatti-harakatlarini Odob-axloq komissiyasida ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni mehnat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.