O'zbekiston

Toshkentda 34 kg narkotik moddalar bilan harakatlangan “Lasetti” to'xtatildi

Xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan narkotiklar orasida qariyb 13 kg opiy va 21,6 kg gashish bo'lgan.

Toshkentda 34 kg narkotik moddalar bilan harakatlangan “Lasetti” to'xtatildi

 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda poytaxtdagi “Qo‘yliq” bozori yaqinida shubhali tarzda to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, transport vositasini Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxs boshqargan. Avtomobilda, shuningdek, 1984-yilda Denov shahrida tug‘ilgan va hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro ham bo‘lgan.

 

Tekshiruv davomida avtomashina salonidagi yelim idish ichidan 30 ta o‘ramga joylashtirilgan jami 34 kilogramm 610 gramm og‘ir turdagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Musodara qilingan moddalar orasida 12 kilogramm 960 gramm opiy va 21 kilogramm 650 gramm gashish bo‘lgani ma’lum qilingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

 

Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda tergov doirasida ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"