O'zbekiston

Andijonda mansabdor shaxs va bank xodimi pora bilan ushlandi

Qurilish inspeksiyasi mansabdori 30 mln so‘m, bank menejeri esa 8 ming dollar bilan qo'lga tushdi.

Andijonda mansabdor shaxs va bank xodimi pora bilan ushlandi

 

Andijon viloyatida zarar miqdorini kamaytirish hamda kredit ajratish bilan bog‘liq ikki korrupsion holat fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Andijon shahridagi savdo do‘konida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga qariyb 680 million so‘mlik zarar yetkazilgani yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining sho‘ba boshlig‘i mansabdor tanishlari orqali zarar miqdorini kamaytirib berish hamda ma’muriy choralar ko‘rilishida yordam berish evaziga do‘kon egasidan 30 million so‘m talab qilgan.

 

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Yana bir holatda, aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Asaka tuman filiali Mahallabay ishlash bo‘limi bosh menejeri fuqaroga 3 milliard 650 million so‘m miqdorida kredit ajratilishida yordam berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Aniqlanishicha, u joriy yilning aprel-may oylarida fuqaro tomonidan berilgan 7 800 AQSH dollarini olgan, biroq va’da qilingan masalani hal qila olmagan. Keyinchalik pulning bir qismini — 1 ming AQSH dollarini qaytarayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"