Jahon

AQSH Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidentiga viza bermadi

Jibril Rajoub FIFA tomonidan Jahon chempionatiga taklif etilgan milliy futbol federatsiyalari rahbarlari qatoridan joy olgan, biroq viza masalasi hal etilmagan.

AQSH Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidentiga viza bermadi

 

Falastin futbol assotsiatsiyasi (PFA) prezidenti Jibril Rajoubga 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun AQSh vizasi berilmagani ma’lum bo‘ldi.

 

Associated Press xabariga ko‘ra, Rajoub FIFA tomonidan Jahon chempionatiga taklif etilgan milliy futbol federatsiyalari rahbarlari qatoridan joy olgan. U musobaqa uchun akkreditatsiyadan ham o‘tgan, biroq AQShga kirish uchun zarur bo‘lgan viza masalasi hal etilmagan.

 

Hozirda Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari Meksika poytaxti Mexiko shahrida bo‘lib turibdi. U AQSh vizasi rad etilgan yoki hali rasmiylashtirilmagan federatsiya vakillari orasida ekani qayd etilgan.

 

Jibril Rajoub futbol vakillarining Jahon chempionati o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etilishini adolatsizlik deb baholagan.

 

AQSh Davlat departamenti esa Rajoubning viza masalasi yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

 

Ma’lumot uchun, Falastin terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olmagan bo‘lsa-da, FIFA an’anaviy ravishda milliy futbol federatsiyalari rahbarlarini musobaqaga taklif qiladi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.